Tamper Barista AcademyTamperBarista Academy
Bosh sahifaKurslarXizmatlarO'qituvchilarBiz haqimizdaBlogMahsulotlarMenyularAloqa

Qahvaga bo‘lgan ishtiyoq — bizning hikoyamiz

Tamper 2018-yilda Toshkentda tashkil etilgan. Maqsadimiz — O‘zbekistonda qahva madaniyatini professional darajaga ko‘tarish.

8 yil
bozorda
1 200+
bitiruvchi
12
jamoa
Bog‘lanish
about · jamoa · 4:3
8yil
about · jamoa · 4:5
Bizning missiya

Qahva — bu hunar, biz uni o'rgatamiz

Tamper — Toshkentdagi professional barista maktabi va qahvaxona xizmatlari markazi.

  • SCA standartlariga asoslangan ta‘lim
  • Zamonaviy jihozlangan o‘quv markazi
  • Sohaning yetakchi mutaxassislari jamoasi
Asoschi hikoyasi

Baristadan — Tamper Barista Academygacha

Tamper Barista Academy hikoyasi 2018–2019 yillarda boshlangan. Dastlab men qahvaga oddiy qiziqish orqali kirib kelganman va turli coffee shoplarda barista sifatida amaliy tajriba to‘plaganman — espresso tayyorlash, mijoz bilan ishlash va servis madaniyatini real muhitda o‘rganganman.

Keyinchalik bu yo‘l meni xalqaro tajribaga olib chiqdi — Malayziyada ta’lim oldim va hospitality sohasini global standartlarda tushunishni o‘rgandim. Shundan so‘ng Turkiyada Specialty Coffee bo‘yicha professional sertifikat olib, bilimlarimni yanada mustahkamlab oldim.

O‘sha davrdan boshlab men faqat ishlash emas, balki o‘qitish va tajriba ulashish haqida o‘ylay boshladim. Dastlab kichik amaliy treninglar orqali boshlagan bu jarayon asta-sekin professional akademiyaga aylandi.

Shu tariqa Tamper Barista Academy tashkil topdi — barista kasbini faqat nazariy emas, balki real amaliyot orqali o‘rgatadigan markaz sifatida. Bugun biz baristalarni tayyorlaymiz, latte art va espresso texnikalarini o‘rgatamiz, shuningdek kafe ochmoqchi bo‘lganlar uchun to‘liq konsultatsiya xizmatlarini taqdim etamiz. Bundan tashqari Tamper Coffee Roastery orqali restoran va kafelar bilan ishlaymiz, Shinni.uz orqali esa ichimlik sanoati uchun mahsulot yetkazib beramiz.

Tamper Barista Academy — bu shunchaki o‘quv markazi emas. Bu yerda har bir inson o‘z yo‘lini topadi. Bizning jamoa esa o‘quvchilarga faqat bilim emas, balki professionallik va ishonch beradi.

— Azizbek, Tamper Barista Academy asoschisi
Azizbek — asoschi
Azizbek
Asoschi va bosh trener
0+
Bitiruvchi barista
0
Faol kurslar
0
Yillik tajriba
0+
Hamkor qahvaxona
Jamoamiz

Tanishing — bizning ustozlar

jamoa · 1:1
Фаррух Покояков
Mixolog
jamoa · 1:1
Azizbek Lutfiddinov
Bosh ustoz · SCA AST treniri
jamoa · 1:1
Sayidjon Abduvohidov
Latte Art ustozi
jamoa · 1:1
Jahongirmirzo Ergashboyev
Barista Trenir
Nega aynan biz

Bizning kuchli tomonlarimiz

SCA — Specialty Coffee Association
Eng katta ustunligimiz

SCA xalqaro standarti bo'yicha ta'lim

O'quv dasturimiz Specialty Coffee Association (SCA) — qahva sifati va baristalik mahoratining jahon standartlarini belgilovchi nufuzli xalqaro tashkilot tamoyillariga asoslangan. Shu bois bizda olgan bilim va ko'nikmalaringiz zamonaviy spesialty qahva sohasida xalqaro darajada e'tirof etiladi.

Dars vaqtining 90% SCA standartlariga muvofiq mashq qilishga sarflanadi

Biz 1200 dan ortiq o'quvchini muvaffaqiyatli o'qitdik va qahvaxona ochish bo'yicha 100 ta maslahat berdik

Siz, hatto dam olish kunlari ham, individual dars vaqti va kunini tanlaysiz

O'quv jarayoni zamonaviy uskunalar va yuqori sifatli don yordamida, qulay joyda olib boriladi

Sertifikatlar

Tan olingan hujjatlar

Barista Skills intermediate
Barista Skills intermediate
SCA
Barista Skills professional
Barista Skills professional
SCA
Barista Skills Brewing-Intermediate
Barista Skills Brewing-Intermediate
SCA
Barista Skills intermediate
Barista Skills intermediate
SCA
Foto & video

Bizning muhitimiz

Manzil

Bizni shu yerda toping

Muqimiy ko‘chasi 178, Toshkent (100035)

Bizning jamoaga qo‘shiling

Kursga yoziling yoki qahvaxonangiz uchun konsultatsiya oling.

+998 99 786 46 13